Szinan shahrida o‘tkazilgan elektromobillar ko‘rgazmasida Byvin Xiaozhuangyuan E-Ass elektromobili namoyish etildi, deb yozadi Carzone sayti. U judayam ixchamligi bilan ajralib turadi.
Xitoylik avtomobilsozlar o‘z mahsuloti bilan dunyoni lol qoldirishdan charchamayapti. Yangi elektrokar ham o‘z o‘lchami bilan kishini yoqa ushlashga majbur qiladi. Uzunligi 2160, kengligi 1270, bo‘yi 1600 mm.
Uni, hattoki, elektromobil atash mushkul, chunki skuter bazasida yasalgan bo‘lib, Low-speed Electric Vehicle (LSEV) elektrli mashinalari sinfiga, ya’ni past chastotali sinfga mansub sanaladi.
Tangu tor elektromobilga bor-yo‘g‘i bir kishi joylashadi. Salonida ventilyator, raqamli asboblar paneli hamda multimedia kompleksining kichik displeyi bor. Bundan tashqari radio va pleer o‘rnatilgan. An’anaviy rul o‘rniga skuter rulini uchratasiz.
Xiaozhuangyuan E-Assni 1,6 ot kuchiga ega bo‘lgan elektrli motor harakatlantiradi. Ko‘pi bilan 36 km/soat tezlikda yurishi mumkin. Elektromobilcha to‘la zaryadi bilan 80 km yo‘l bosa oladi. Kompaniya mahsulotini talabalar uchun arzon transport vositasi deb atamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»