Xitoyliklar 350 ta Alfa Romeo Giulia sedanini 33 soniyada xarid qildi

  • 23 mart 2017, 10:08
  • 3 760
  • Avto
  • Xitoyliklar 350 ta Alfa Romeo Giulia sedanini 33 soniyada xarid qildi
    Xitoyda Alfa Romeo Giulia sedanining 350 nusxasi 33 soniyada sotib olindi. Xarid Alibaba servisiga tegishli Tmall onlayn maydonchasida, Tmall Super Brand Day promo-aksiyasi doirasida amalga oshirildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

    Sotib olingan Giulia modelining aksariyati – 290 tasi – Milano modifikasiyasiga ega bo‘lgan ikki litrli benzinli motor bilan jihozlangan. Ushbu avtomobilning bittasi 62,9 ming dollar turadi. Qolgan 60 tasi 510 ot kuchiga ega Giulia Quadrifoglio Verde sedani. Mazkur mashinaning bittasining narxi 149 ming dollarga teng.

    Fiat Chrysler Automobiles (FCA) guruhidagi yana bir mashina — Maserati — 2016 yilning mart oyida Tmall servisida o‘z do‘konini ochgandi. O‘shanda kompaniya 18 soniya ichida 100 ta Levante krossoverlarini sotgan. Bitta Levante’ning narxi 146 ming dollarga teng.

    2016 yil davomida 30 ta avtomobil brendi Tmall servisi orqali o‘z mashinalarini sotgan. Maserati’dan tashqari, ular orasida Audi, Mercedes-Benz va Volvo kabi brendlar ham bo‘lgan. 2016 yilning 11 noyabr kuni savdo e’lon qilinganida internet orqali 100 mingga yaqin mashina xarid qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoyliklar 350 ta Alfa Romeo Giulia sedanini 33 soniyada xarid qildi