Toshkent chorrahalarida joriy yilning 15 mart sanasidan kuzatuv kameralari ishlay boshlaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda kameralar ishida xatoliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, kameralar qoidabuzarlikni sodir etgan transport vositalarining ro‘yxatdan o‘tgan hududini aniqlashda xatoga yo‘l qo‘ygan va jarima qog‘ozi xuddi shu raqam bilan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan transport vositasiga yuborilgan. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda mazkur xabarlar tasdiqlandi, deb yozadi Daryo nashri.
Toshkent shahar IIBB YHXB Kompyuter markazi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov chorrahalardagi kameralar ishga tushirilganidan so‘ng haqiqatdan ham xatoliklar yuzaga kelgani va hozirgi kunda bu xatoliklar bartaraf etilganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, brifingda kameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha yuzaga keladigan bahsli masalalar uchun maxsus bo‘lim ochilgani ma’lum qilindi. Bo‘limga yozilgan jarimalar bo‘yicha tushgan murojaatlarning 80 foizida haydovchilar haqiqatdan ham qoidani buzganligi aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi