10:06 / 24.03.2017
6 395

Porsche o‘z xodimlariga 9 ming evrodan mukofot beradi

Porsche o‘z xodimlariga 9 ming evrodan mukofot beradi
Porsche kompaniyasi o‘z xodimlariga 9111 evro miqdorida mukofot puli to‘lashi haqida ma’lum qildi. Bonus qariyb 21 ming xodimga taqdim etiladi. Shu tariqa kompaniya 2016 yildagi muvaffaqiyatli natijalarni nishonlaydi. Bu haqda «Motor»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

2016 yilda kompaniya savdo bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Savdo 2015 yilga nisbatan olti foizga o‘sdi va 237 778 ta avtomobilni tashkil qildi. Porsche’ning daromadi 22,3 milliard evrogacha oshdi.

2016 yil oxirida ishlab chiqaruvchi xodimlar sonini 13 foizga oshirdi va 27 612 kishiga etdi. Kompaniya o‘tgan yillar mobaynida ham o‘z xodimlariga mukofot puli to‘lagan. 2016 yilda 15,6 ming xodim mukofot pulini qo‘lga kiritgan, 2015 yilda esa har bir xodimga qo‘shimcha 8,6 ming evro to‘langan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Porsche o‘z xodimlariga 9 ming evrodan mukofot beradi