Keyingi to‘rt yil davomida ishlab chiqariladigan Koenigsegg giperkarlarining bari hozirdanoq sotib bo‘lindi. Bu haqda kompaniya rahbari Kristian fon Kyonigsegg ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
«Hozirgi vaqtda bizning avtomobillarimiz uchun yuzaga kelgan navbat to‘rt yilni tashkil etadi. Biroq biz muddatni qisqartirishga harakat qilyapmiz, chunki xaridor o‘zi xohlagan mashinani to‘rt yoki besh yildan so‘ng qo‘lga kiritishi bu avtomobil savdosini yanada qiyinlashtiradi. Oradan shuncha vaqt dunyo qanday bo‘lishini ham bilmaymiz hatto», — dedi Kyonigsegg.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda kompaniya navbatni ikki—ikki yarim yilgacha qisqartirish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun joriy yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 25 tagacha, kelasi yildan boshlab esa 30 tagacha oshirish kerak bo‘ladi.
Koenigsegg’ning modellar qatoridan Regera va Agera SS avtomobillari, shuningdek, atigi etti nusxada ishlab chiqarilgan va 1341 ot kuchiga ega One 1 mashinasi o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi