Hyundai Santa Fe yo‘ltanlamasi Antarktidani kesib o‘tgan birinchi yengil avtomobilga aylandi. Avtomobil Yunion Kemp stansiyasidan Mak-Merdoga bo‘lgan masofani hamda teskari yo‘nalishni 30 kunda bosib o‘tgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Sayohat uchun Arctic Trucks kompaniyasi tomonidan tayyorlab berilgan Santa Fe ishlatildi. Avtomobilni afsonaviy qutb tadqiqotchisi ser Ernest Shekltonning evarasi Patrik Bergel boshqardi. Sayohat davomida tashqaridagi harorat Selsiy bo‘yicha -28ga qadar tushdi.
Yo‘ltanlamas 2,2 litrli dizelli dvigatel bilan jihozlandi, shu bilan birga, agregatning o‘zi, boshqaruv tizimi, transmissiya, oldindagi differensial va uzatma vali boshlang‘ich variantda bo‘lgan. Mashina yo‘lni bosib o‘tishda qiynalmasligi uchun kichik bosimdagi shinalar bilan ta’minlandi.
Shekltonning 1914-1917 yillardagi Transantarktika ekspedisiyasining yuz yilligiga atab tashkil etilgan safar haqida maxsus film ham surat olindi. U maxsus sayt va YouTube’da 24 mart soat 23:00dan so‘ng taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?