18:17 / 28.03.2017
6 087

Volvo'ning Shvesiyadagi zavodida yong‘in chiqdi

Volvo'ning Shvesiyadagi zavodida yong‘in chiqdi
Shvesiya g‘arbidagi Gyoteborg shahrida joylashgan Volvo zavodi hududida yong‘in ro‘y berdi. Buning oqibatida taxminan 150 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Yong‘in laboratoriya va batareyalar omborida Toshkent vaqti bilan 12.00da yuz bergan, keyinchalik o‘t yaqin atrofdagi xonalarga o‘tgan. Xodimlar kuchli zaharli tutun sababli o‘z ish joylarini tark etishdi. Ulardan hech kim jabrlanmadi.

Favqulodda hodisa ro‘y bergan joyda taxminan 40 nafar o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.

"Tutun zaharli, shuning uchun okrugda istiqomat qiluvchi aholidan deraza va eshiklarni yopishni so‘ramoqdamiz", - deya ma’lum qildi qutqaruv xizmati vakili Annika Buberg.

Bu Volvo bilan qisqa vaqt ichida ro‘y bergan ikkinchi shunday holat. Fevral oyida kompaniyaning to‘qnashuvlarda xavfsizlik masalalari bo‘yicha markazida kuchli yong‘in ro‘y bergandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volvo'ning Shvesiyadagi zavodida yong‘in chiqdi