18:01 / 31.03.2017
7 094

Hyundai Grandeur gibridga aylandi

Hyundai Grandeur gibridga aylandi
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Seuldagi motorshouda yangi avlod Grandeur sedanining gibrid modifikasiyasini namoyish etdi. Yangi mashina avvalgi namunalaridan ekstereri va salonining ichki ko‘rinishi bilan farqlanadi. Masalan, odatdagi plastmassa o‘rniga eman daraxti po‘stlog‘idan foydalanilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Gibrid qurilmasi tarkibi 159 ot kuchiga ega, 2,4 litrli benzinli motor va 51 kuchli elektromotordan iborat. Unga, shuningdek, olti bosqichli avtomat uzatmalar qutisi hamda 1,76 kV*soatlik batareyalar to‘plami kiradi. Avvalgi avlod gibrid avtomobili bilan taqqoslaganda batareya quvvati 23 foizga oshgan. Elektr dvigateli 9 foizga kuchliroq bo‘lgan.

Gibrid sedani 100 kmga 6,2 litr yoqilg‘i sarflaydi. Mashina avvalgisidan 8 foizga tejamkorroq ekani aytilmoqda.

Hyundai Janubiy Koreyaning o‘zida yiliga 10 ming dona Grandeur gibridini sotishni rejalashtirmoqda. Uning narxi 32 mingdan 36 ming AQSh dollarigacha baholanayapti.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hyundai Grandeur gibridga aylandi