Toshkentning 115ta chorrahasida ishlayotgan kameralardan avtomashinasi raqamini yashirish uchun turli hiylalardan foydalangan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin, deb yozadi Kun.uz nashri.
Toshkent IIBB jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirovning "Narodnoe slovo" gazetasi muxbiriga aytishicha, davlat raqam belgilarini to‘liq ko‘rishga to‘sqinlik qiluvchi turli jism va qoplamalardan foydalanish qoidabuzarlik ekani O‘zbekiston ma’muriy javobgarlik haqidagi Kodeksining 127-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, bunday qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchilar eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha (149 775dan 449 325 so‘mgacha), mansabdor shaxslar esa uch baravardan besh baravargacha (449 325dan 746 625 so‘mgacha) miqdorda jarima to‘laydilar.
Shuningdek YHXB xodimi davlat raqami yashirilgan avtomobilni vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketish huquqiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi