11:34 / 13.04.2017
6 846

Chilonzor tumanining yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi

Chilonzor tumanining yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 12 aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishish maqsadida Chilonzor tumaniga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra 2017-2018 yillarda tumandagi barcha ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlanadi. Mirziyoyev loyiha bilan tanishar ekan, yo‘llarning sifati va zamonaviyligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Katta bino va inshootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari etishmasligi muayyan noqulayliklar tug‘dirayotganini ko‘rsatmoqda. Prezidentga katta bino va inshootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi.

Unga ko‘ra binolar yonida avtomobillar uchun mo‘ljallangan uch va to‘rt qavatli avtoturarjoylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni yaxshilash bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chilonzor tumanining yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi