10:09 / 17.04.2017
7 348

Rossiyada do‘stining mashinasini mast holatda boshqargan o‘smir 11 avtomobilga ziyon etkazdi

Rossiyada do‘stining mashinasini mast holatda boshqargan o‘smir 11 avtomobilga ziyon etkazdi
Rossiyaning Vladivostok shahrida 16 aprel, yakshanba kuni do‘stining mashinasini mast holda boshqargan o‘smir 11 avtomobilni shikastladi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

«Voqea joyiga etib kelgan yo‘l harakati xavfsizligi (YHX) xodimlari Toyota Crown avtomobilini boshqargan 16 yoshli haydovchi uylar orasidagi tor yo‘lakda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘yida turgan mashinalar bilan 8 ta yo‘l-transport hodisasini sodir etganini aniqladi. Natijada 11 avtoulov shikastlangan, jarohatlanganlar yo‘q», – deyiladi xabarda.

Olib borilgan ekspertiza o‘smir alkogol ta’siri ostida ekanini aniqladi. 16 yoshli yigit boshqargan avtomobil uning 1991 yilda tug‘ilgan do‘stiga tegishli edi.

«Polisiyaning tekshiruv materiallari voyaga etmaganlar ishi bilan shug‘ullanadigan komissiyaga yuboriladi va u erda tartibbuzar va uning ota-onasiga qo‘llanadigan jazo bo‘yicha qaror chiqariladi. O‘smirning ota-onasi, shuningdek, shikastlangan mashina egalariga moddiy zararni qoplab berishi kerak bo‘ladi», – deya aniqlik kiritdi Primorsk o‘lkasi bo‘yicha IIV boshqarmasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada do‘stining mashinasini mast holatda boshqargan o‘smir 11 avtomobilga ziyon etkazdi