15:30 / 17.04.2017
12 497

GM Uzbekistan ishlab chiqarilmayotgan avtomobillar haqida axborot berdi

GM Uzbekistan ishlab chiqarilmayotgan avtomobillar haqida axborot berdi
GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Tico, Epica va 2-avlod Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

«Tico, Epica va 2-avlod Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli murojaatlar tufayli, GM Uzbekistan AJ ma’lum qiladiki, Tico modeli 2004 yilda ishlab chiqarishdan olib tashlangan, Epica’ni ishlab chiqarish 2012 yildan to‘xtatilgan, 2-avlod Nexia’ni ishlab chiqarish 2016 yil 1 avgustdan to‘xtatilgan», — deb yozdi kompaniya o‘z Facebook sahifasida.

«Avtomobillarning model qatorlari, modifikasiyalari, opsiyalari va narxlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida GM Uzbekistan AJ rasmiy saytida va Facebook’dagi sahifasida oldindan xabardor qiladi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan ishlab chiqarilmayotgan avtomobillar haqida axborot berdi