09:29 / 26.04.2017
7 020

Alphabet kompaniyasi o‘ziyurar taksilarda yo‘lovchilarni tashishni boshladi

Alphabet kompaniyasi o‘ziyurar taksilarda yo‘lovchilarni tashishni boshladi
Amerikaning Google internet giganti singari Alphabet xoldingi tarkibiga kiruvchi Waymo kompaniyasi Arizona shtati Finiks shahrida yo‘lovchilarni muqobil mashinalarda manzillariga elta boshladi. Ushbu amaliyot sinov tariqasida o‘tkazilayotgani haqida Waymo kompaniyasining rasmiy saytiga joylashtirilgan bayonotda ma’lum qilingan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy aholi vakillari orasidan ko‘ngillilarga sinov dasturida ishtirok etish taklif etilgan. Ular maxsus mobil ilova yordamida kompyuterda boshqariladigan Waymo avtomobilini chaqirishi va kun mobaynida undan bepul taksi sifatida foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Albatta, kompaniya dasturda necha kishi ishtirok etayotganiga oydinlik kiritmagan. Biroq, kelgusida buning uchun Finiksda yuzlab kishilarni tanlab olinishi aytilmoqda. Ayni vaqtda, bu xizmat shaharning bir necha tumani bilan chegaralangan. Waymo mutaxassislari, o‘z avtomobillarini takomillashtirish uchun mijozlarning e’tiroz va takliflarini inobatga olishmoqda. Ta’kidlanishicha, hozircha, ushbu muqobil mashinalarda har ehtimolga qarshi haydovchilar bor.

Waymo avtoparki 100 dona Fiat Chrysler minifurgonlaridan iborat. Ularning qanchasi Finiksdagi sinovlarda qo‘llanilayotgani ham ma’lum qilinmagan. Mashinalarga yo‘l va atrofdagi vaziyatni kuzatish imkonini beruvchi datchiklar hamda haydovchi vazifasini bajaruvchi kompyuter o‘rnatilgan. Avvalroq, Waymo muqobil boshqaruvga ega yana 500 dona avtomobilga buyurtma berishi haqida xabar qilgan edi.

Bir qator texnologik kompaniyalar ishonchli va xavfsiz muqobil avtomobillar ishlab chiqarish ustida ish olib borishmoqda. Ular orasida Volkswagen Group of America, Uber, Mercedes-Benz, Tesla, Nissan, BMW, Honda, Ford va boshqalar bor. Amerikaning bir necha shtatlarida shunday mashinalar allaqachon sinovdan o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Alphabet kompaniyasi o‘ziyurar taksilarda yo‘lovchilarni tashishni boshladi