Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli avtobuslarning yonib ketishiga asosan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda «1news.uz» ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.
«Toshshahartransxizmat» bo‘lim boshlig‘i Muxtor Aliev so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Evo Bus GmbX shirkatidan sotib olingan Mercedes-Benz Conecto O 345 rusumli avtobuslarning 12 yil ichida tasarruf etilishi oqibatida elektr simlari plastik qobig‘i nosoz holga kelgan.
Harakat payti yonib ketayotgan, nisbatan yangi sanalgan Mercedes-Benz Low Floor avtobuslari kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan esa Germaniya shirkatiga reklamasiya xatlari jo‘natilgan.
Toshkent transport shirkati vakiliga ko‘ra, yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani sababli transport tarkibini almashtirish – boshqa rusumli avtobuslar sotib olish rejalashtirilmagan.
Gazeta Toshkent shahridagi jamoat transportida, xususan, avtobuslarda yong‘inlar ko‘p kuzatilayotgani, bu esa avtobusdan foydalanidigan har bir yo‘lovchini tashvishga solayotganini eslatib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi