00:15 / 01.06.2017
11 874

1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshadi

1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshadi
"GM Uzbekistan" AJ 1 iyundan o‘zi ishlab chiqaradigan avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Kun.uz nashri. Narxlar 25-30 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.

31 mayning ikkinchi yarmida ushbu masala bo‘yicha majlis o‘tkazilishi belgilangandi. Uning yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining avtomobillar narxining oshishi bo‘yicha qarori qabul qilinadi.

Avvalroq Kun.uz 1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan"ning barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, kompaniya 2017 yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshadi