18:28 / 01.06.2017
12 788

Avtomobillarning narxi oshishi 100 va 85 foiz to‘lov qilganlarga ham ta’sir etadimi?

Avtomobillarning narxi oshishi 100 va 85 foiz to‘lov qilganlarga ham ta’sir etadimi?
Avvalroq, GM Uzbekistan AJ Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning imzosi bilan tasdiqlangan yangi narxlar haqida xabar bergan edik. Ushbu narxlar dollarning so‘mga nisbatan ekvivalentiga qarab belgilangan.

Shuningdek, avtomashinalarning narxi modellar turlariga qarab oshirilgan va narxlarning oshirilishi avval pul to‘lab qo‘yganlarga ta’sir qilmasligi haqida ham ma’lum qilgan edik.

Biz ushbu savollarga aniqlik kiritish maqsadida GM Uzbekistan AJ bilan bog‘landik. U erdan ma’lum qilishlaricha, 2017 yil 29 mayga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar (85 va 100 foizlik) uchun yangi narxlar hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

GM Uzbekistan AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlari inventarizasiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatilgani sababli ham shunday qarorga kelingan. Lekin 1 iyundan keyin mazkur yangi narxlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, xabar berishlaricha, yangi narxlar har hafta AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati o‘zgarishiga qarab yangilanaveradi. Ya’ni dollar oshsa, mashina narxi ham oshadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillarning narxi oshishi 100 va 85 foiz to‘lov qilganlarga ham ta’sir etadimi?