14:02 / 08.06.2017
7 836

GM Uzbekistan avtomobillarni etkazib berish muddatlariga oydinlik kiritdi

GM Uzbekistan avtomobillarni etkazib berish muddatlariga oydinlik kiritdi
GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida avtomobillarni etkazib berish muddatlariga oydinlik kiritildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ishlab chiqaruvchining bankdagi hisob raqamiga, avtomobilning belgilangan miqdordagi avvaldan to‘lanadigan yoki to‘liq narxi kelib tushgan sanadan boshlab, avtomobilni etkazib berish muddatlari quyidagicha:

- Dilerda (omborda) mavjud avtomobil uchun - 1 (bir) ish kuni;

- Sanoat yig‘ish usulida ishlab chiqariladigan avtomobil uchun - 60 (oltmish) ish kuni;

- Yirik uzelli yig‘ish uslubida ishlab chiqariladigan avtomobil uchun - 90 (to‘qson) ish kuni;

- Standart paket opsiyalaridan farq qiluvchi, mijozning talabiga ko‘ra modifikasiyalangan opsiyalar to‘plami bilan sanoat yig‘ish usulida ishlab chiqariladigan avtomobil uchun - 120 (bir yuz yigirma) ish kuni;

Avtomobillarni etkazib berish muddatlari buzilgan holatlarda, shuningdek dilerlik kelishuvlarida belgilangan boshqa shartlar bajarilmaganda, kerakli choralar ko‘riladi. Bunday holatlarda shartnoma ham bekor kilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan avtomobillarni etkazib berish muddatlariga oydinlik kiritdi