Toshkentda onlayn tarzda yo‘l harakatini kuzatuvchi videokamera ishga tushirildi

  • 08 iyul 2015, 12:03
  • 5 956
  • Avto
  • Toshkentda onlayn tarzda yo‘l harakatini kuzatuvchi videokamera ishga tushirildi

    Toshkent shahrining ba’zi chorrahalarida test rejimida yo‘l harakatini videokuzatish sistemasi ishga tushdi. Bu haqda Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta”ga tayanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

    “Hurmatli haydovchilar. Diqqat va e’tiborli bo‘ling. Mirzo Ulug‘bek bog‘i hamda “Bunyodkor” stadioni yonidagi chorrahada onlayn videokuzatuv kameralari sinov tartibida ishlamoqda”, – deb yozadi guruh a’zolaridan biri.

    Yangi sistemaning ishga tushganini boshqa foydalanuvchilar ham tasdiqlagan.

    Ushbu sistema Toshkentdagi 120ta chorrahaga o‘rnatilishi rejalashtirilgan. U avtomobil davlat raqami, tezligi hamda qizil chiroqda o‘tish kabi qoidabuzarliklarni aniqlay oladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda onlayn tarzda yo‘l harakatini kuzatuvchi videokamera ishga tushirildi