7 870
O‘zbekiston 2022 yilga kelib yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 2,7 barobarga oshiradi
O‘zbekiston 2022 yilgacha yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 2016 yil bilan taqqoslaganda 2,7 barobarga oshirishni rejalashtirmoqda – 240 mingga qadar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni imzoladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 2016 yildagi 88,2 mingdan 2021 yilga kelib 240 mingga qadar oshirishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, 2017 yilda 122 mingta yengil avtomobil ishlab chiqariladi.
Shuningdek, O‘zbekiston 2017-2021 yillarda avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarishni 1,6 barobarga oshirmoqchi. 2021 yilda ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk mashinalari hajmi 6,9 mingtani tashkil etadi.
O‘zbekiston 2019 yildan boshlab yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarishni ham o‘zlashtiradi. 2019 yilda mamlakatda 3 mingta yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqariladi. 2021 yilda esa bu raqam 6,2 mingtani tashkil etadi.
Shu bilan birga, sohadagi ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagi 4,22 trln. so‘mdan 2021 yilga kelib 12,84 trln. so‘mga qadar oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Isroil Eronga kerakli vaqtda javob qaytarishga va’da berdi