16:03 / 05.07.2017
5 919

VW kompaniyasi “qo‘shib yozish” bilan shug‘ullanib kelgan

VW kompaniyasi “qo‘shib yozish” bilan shug‘ullanib kelgan
Germaniyaning Volkswagen konserni bir necha yillar mobaynida Fransiyadagi savdolari hajmini oshirib ko‘rsatgan. Der Spiegel nashrining yozishicha, kompaniya umumiy hisobda 800 mingga yaqin avtomobil sotilganini qo‘shib yozgan.

Germaniyada chop etiluvchi nashrga ko‘ra, savdolar hajmi bevosita VW kompaniyasining Fransiyadagi vakolatxonasi tomonidan oshirib ko‘rsatilgan. Firma hisobotlarini tekshirgan auditorlar esa “yolg‘onning misi”ni chiqarishdi.

Avtomobillarning katta qismi Volkswagen hujjatlarida sotuv qayd etilganidan oylar va yillar o‘tgach hisobga qo‘yilgan. Boshqacha aytganda hisobotlarda ancha kechroq etkazib berilgan mashinalar ham qayd etilgan.

Bunday avtomashinalar orasida VW modellari qatori «Shkoda», Audi va Seat avtomobillari ham bo‘lgan.

Reuters agentligiga ko‘ra, konsern rahbari Mattias Myuller 2017 yil aprelida kompaniyaning ichki tekshiruvi natijalari bo‘yicha hisobotni olgan. Shundan so‘ng, Fransiyadagi vakolatxona rahbari Jak Rivoal ishdan bo‘shatilgan. Kompaniyaning strategik masalalar bo‘yicha rahbariyati va Fransiyadagi bo‘lim o‘rtasidagi kelishmovchilik bunga sabab sifatida ko‘rsatilgan edi.

2017 yil yanvarida Volkswagen kompaniyasi 2016 yil yakunlariga ko‘ra, eg yirik avtomobilsozlik kompaniyasi maqomini qo‘lga kiritdi. Rasmiy statistika ma’lumotlariga muvofiq, kompaniya bir yilda 10 mln 312 ming 400 dona avtomobil sota olgan. Konsernning deyarli barcha brendlari o‘sishni qayd etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » VW kompaniyasi “qo‘shib yozish” bilan shug‘ullanib kelgan