22:22 / 19.07.2017
9 314

Lada Vesta’ning universal versiyasi qishgacha sotuvga chiqariladi

Lada Vesta’ning universal versiyasi qishgacha sotuvga chiqariladi
Lada Vesta SW universalining yo‘ltanlamas versiyasi — Cross Rossiyada 2017 yilning oktyabr—noyabr oylarida sotuvga chiqariladi. «Motor» xabariga ko‘ra, bu haqda «AvtoVAZ» prezidenti Nikolya Mor ma’lum qilgan.

Lada Vesta SW Cross taxminan oktyabr—noyabr oylarida, yilning so‘nggi choragida sotuvga chiqariladi. Biroq hozircha aniq bir sanani ayta olmaymiz. Narxlarni ham kuzda bilib olasiz», — dedi Mor.

«AvtoVAZ» Lada Vesta’ning universal versiyasi — SW hamda uning yo‘ltanlamas Cross-ko‘rinishi taqdimotini iyun oyida o‘tkazgan edi.

Universalning bagaj hajmi — orqa o‘rindiqlar tushirib qo‘yilgan holatda 825 litrni, ko‘tarib qo‘yilgan holatda esa 480 litrni tashkil etadi.

«AvtoVAZ» Vesta SW Cross uchun alohida interer bezaklari, uskunalar paneli hamda markaziy konsol ishlab chiqqan.

Yangi avtomobil, shuningdek, ikkinchi qator o‘rindiqlarini isitish tizimi, beshinchi eshikni ochish uchun beshinchi eshikka o‘rnatilgan maxsus tugma va boshqa qulayliklar bilan ta’minlangan.

Manba: «Daryo» nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Lada Vesta’ning universal versiyasi qishgacha sotuvga chiqariladi