16:52 / 05.08.2017
7 530

GM rul boshqaruvidagi muammolar sabab 800 ming avtomobilini qaytarib oladi

GM rul boshqaruvidagi muammolar sabab 800 ming avtomobilini qaytarib oladi
Amerikaning yirik avtomobilsozlik konserni General Motors (GM) butun dunyo bo‘ylab 800 ming atrofidagi Chevrolet Silverado 1500 va GMC Sierra 1500 avtomobillarini qaytarib olmoqda. Bunga rul boshqaruvidagi nuqsonlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu avtomobillar rulidagi elektrkuchaytirgich ko‘p hollarda past tezlikda harakatlanayotganda vaqtincha ishdan chiqadi. Agar shunday holat ro‘y bersa, haydovchi avtomobil nazoratini yo‘qotishi mumkin.

Bu chaqiruv 2014 yilda ishlab chiqilgan modellarga tegishli. Mashinalarning katta qismi AQShda sotilgan. Ammo, 100 mingga yaqin avtomobil boshqa bozorlarga etkazib berilgan.

GM dunyoning 30 davlatida yengil va yuk mashinalari ishlab chiqaradi. Konsern bosh qarorgohi Amerikaning Michigan shtati Detroyt shahrida joylashgan. Unda 225 ming kishi ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM rul boshqaruvidagi muammolar sabab 800 ming avtomobilini qaytarib oladi