General Motors jahon bo‘yicha 800 ming avtomobilini chaqirib oladi

  • 05 avgust 2017, 20:06
  • 4 759
  • Avto
  • General Motors jahon bo‘yicha 800 ming avtomobilini chaqirib oladi
    Amerikaning General Motors avtomobil konserni jahon bo‘yicha tarqalgan 800 mingga yaqin Chevrolet Silverado 1500 va GMC Sierra 1500 avtomobillarini ruldagi muammolari sabab chaqirib oladi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib, «Daryo» nashri xabar berdi.

    AQShdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya 2014 yilda chiqqan modellarining rul qismidagi elektr kuchaytirgichlar vaqtinchalik, ayniqsa, past tezlikdagi harakatda manyovrlarni bajarishda izdan chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.

    Mazkur jarayon doirasida AQShdagi 690 ming, Kanadadagi 80 ming va boshqa bozorlardagi 25 ming ushbu modeldagi avtomobillar chaqirib olinadi. Muammoni hal qilish uchun GM dillerlari dasturiy ta’minotni qayta o‘rnatishadi.

    General Motors vakillarining so‘zlariga ko‘ra, muhandislar yangi modellarni ishlab chiqarishda bir nechta o‘rgartirishlarni amalga oshirgan bo‘lib, bu kuchaytirgichning o‘chishiga olib keladigan kuchlanishning pasayishini bartaraf etadi.

    » » General Motors jahon bo‘yicha 800 ming avtomobilini chaqirib oladi