17:42 / 19.08.2017
14 911

Avtomobil oynasini qoraytirish yana urf bo‘lmoqda (Video)

Avtomobil oynasini qoraytirish yana urf bo‘lmoqda (Video)
Ichki Ishlar Vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrining turli hududlarida maxsus reydlar o‘tkazilmoqda.

Reydlar natijasida haydovchilarning o‘rnatilgan qoidalarga amal qilmaslik hamda avtomobilni mast holda boshqarish bilan bog‘liq holatlari aniqlanmoqda.

Avtomobillar oynasini qoraytirish, hech qanday hujjatlarsiz avtomobilni boshqarish, majburiy sug‘urta polisining amal qilish muddatlari o‘tganligi bilan bog‘liq turli huquqbuzarliklar shular jumlasidandir.

Misol uchun, Chilonzor tumani Al-Xorazmiy ko‘chasida harakatlangan haydovchi Otabek Masharipov boshqaruvidagi "Lasetti" rusumidagi avtomobil yo‘l patrul xizmati inspektori tomonidan to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasining orqa va yon tomonlaridagi oynalarga parda tutilganligi va atrofni ko‘rishni cheklovchi qora rangli plyonka yopishtirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat bo‘yicha ushbu haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.



Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobil oynasini qoraytirish yana urf bo‘lmoqda (Video)