19:00 / 20.08.2017
8 471

Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi

Germaniyaning Mercedes kompaniyasi tepa qismi ochiluvchi Mercedes-Maybach 6 konseptini taqdim etdi. Yangi avtomobil Pebbl-Bich (AQSh)da nafislik tanlovi doirasida namoyish qilindi. Ta’kidlash joizki, 2016 yilda bu erda Mercedes-Maybach 6 kupesi taqdim etilgan edi. "Avtonovosti dnya" nashri shu mavzuga to‘xtaldi.

Yangi avtomobilning uzunligi - 5,7 metr, eni esa 2 metrdan oshadi. Tepa qismi taxlanuvchi kabriolet bunday salmoqli o‘lchamlarga qaramay, atigi ikki o‘rinlidir. Agar konsept-kar seriyali ishlab chiqarishga berilsa, nemis kabrioleti bozorda Britaniyaning Rolls-Royce Wraith avtomobili bilan raqobatlashadi.
Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi
Avtomobil o‘z dizayni bilan o‘tgan asrning 40-50-yillaridagi klassik modellarni yodga solgan bo‘lsa, uning ichki qismi so‘nggi texnologiyalarga muvofiq ravishda ishlangan. Kabrioletning ichida muqobil jihozlar o‘rniga sensor ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, avtomobil tizimlari aynan shular orqali boshqariladi.



Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi