18:39 / 21.08.2017
12 514

GM Uzbekistan’ning Asakadagi zavodi vaqtincha yopildi

GM Uzbekistan’ning Asakadagi zavodi vaqtincha yopildi
22 avgustdan boshlab har yili o‘tkaziladigan profilaktik ishlar munosabati bilan GM Uzbekistan AJning Asaka shahridagi zavodi vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi, deb yozmoqda Uz24.

Kompaniya xabarida ta’kidlanishicha, tayyor mahsulotni etkazib berish o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Profilaktika ishlari oldindan tuzilgan shartnoma grafiklariga ta’sir o‘tkazmaydi.

Zavod faoliyati 2017 yil 11 sentyabrdan qayta yo‘lga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan’ning Asakadagi zavodi vaqtincha yopildi