00:01 / 26.08.2017
7 550

«O‘zavtosanoat»ga yangi rahbar tayinlandi

«O‘zavtosanoat»ga yangi rahbar tayinlandi
Umidjon Salimov «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Salimov bu lavozimda «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga rahbar etib tayinlangan Ulug‘bek Ro‘ziqulovning o‘rnini egalladi.

2017 yilning aprel oyidan buyon Salimov «O‘zavtosanoat» Texnik siyosati va mahalliylashtirish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi. 2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim markazi direktori, O‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Manba: Sof.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat»ga yangi rahbar tayinlandi