16:45 / 30.08.2017
7 206

Ilon Mask Lon-Anjelesdagi tunnelda Tesla Model S elektromobilini taqdim etdi

Ilon Mask Lon-Anjelesdagi tunnelda Tesla Model S elektromobilini taqdim etdi
Tesla hamda SpaceX asoschisi Ilon Mask 28 avgust kuni o‘zining The Boring Company kompaniyasi tomonidan Los-Anjeles yaqinida qazigan tunnelida Tesla Model S’ni taqdim etdi, Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» yozmoqda.

Los-Anjeles ostidan o‘tuvchi tunnel yo‘llarda avtomobillar tirbandligini aylanib o‘tish imkonini beradi. Maskning fikriga ko‘ra, avtomobil maxsus lift yordamida yer ostiga tushishi, u yerda esa magnit relslari orqali soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanadigan maxsus aravaga o‘rnashishi kerak bo‘ladi.

Tunnellarni qurish fikri Maskda 2016 yilning oxirida paydo bo‘lgan. Avvaliga barcha Mask hazillashmoqda deya o‘yladi, biroq ko‘p o‘tmasdan Maskning The Boring Company kompaniyasi Los-Anjeles yaqinidagi Xotorn shahrida tunnel qazishni boshladi. Avgust oyida rasmiylar uch kilometrdan ortiq sinov tunneliga ruxsat berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ilon Mask Lon-Anjelesdagi tunnelda Tesla Model S elektromobilini taqdim etdi