19:06 / 05.09.2017
15 858

"Chiroyli" avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksionlar ochildi

"Чиройли" авторақамларни сотиш бўйича онлайн-аукционлар очилди
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalarida sotish bo‘yicha yangi savdo platformasini ishga tushirdi. Bu haqda «Birja» matbuot xizmatiga tayanib «Uz24» xabar berdi.

Elektron auksion savdolar ayni paytda Internet global tarmog‘ida test rejimida ishga tushirilgan birjaning avtoraqam.uzex.uz yangi veb-saytida amalga oshiriladi.

Avtoraqamlarni savdolarga qo‘yilishi IIV YHXBB bo‘linmalarining ma’sul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularni birjaning axborot tizimida ishlash bo‘yicha malakali o‘qitish maqsadida O‘zRTXB xodimlari tomonidan Toshkent shahri va respublikamizning hududlariga qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

"Elektron savdolarni yangi mexanizmi, birjaning boshqa savdo platformalari kabi ochiq-oydinlik, oshkoralik, raqobat va barcha savdo ishtirokchilari uchun teng sharoit yaratish tamoyillariga asoslangan", - deya ta’kidlanadi UZEX xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "Chiroyli" avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksionlar ochildi