13:12 / 01.10.2017
7 595

Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi (foto)

Toshkentda 30 sentyabr, shanba kuni 14-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in kelib chiqdi.
Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi (foto)
Hodisa «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekati yaqinidagi avtobus bekatida yuz bergan. Voqea joyidan olingan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda e’lon qilindi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan «Nuz.uz»ga ma’lum qilishlaricha, alanga avtobusning motor bo‘lmasida kelib chiqib, so‘ng salonning orqa qismiga o‘tgan. «O‘t o‘chiruvchilar olovni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lovchilar va haydovchi avtobusni tezda tark etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi (foto)