«O‘zbekiston-Qirg‘iziston» biznes-forumi doirasida 2017 yil 6 oktyabrda Toshkentda umumiy qiymati 200 million dollardan ortiq mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Xususan, avtobuslarni birgalikda yig‘ish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, kir yuvish mashinalarini yig‘ish, dilerlik markazlarini tashkil etish, kabel mahsulotlarini yetkazib berish, O‘sh shahrida savdo-ko‘ngilochar markazini qurish va Qirg‘iziston Respublikasi hududida «Artel» texnik maktabining filiali to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.
Shuningdek, avtomobilsozlik firmalari, ikki davlat zargarlik uyushmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, O‘zbekistonga shinalar, suv, asal, o‘simlik yog‘i, tabiiy tosh va travertin yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga erishildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining veb-saytiga ko‘ra, biznes-forumda vazirliklar va idoralar vakillari, savdo, sarmoyaviy hamda sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar. Forumda ikki mamlakatning 500 dan ziyod ishbilarmonlari qatnashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?