O‘zbekistonning Ravon avtomobil brendi Rossiyada ikkita yangi mahsulot – S sinfli sedan va V klassdagi shaharlarga mo‘ljallangan krossoverni taqdim etadi. Bu haqda «Avtostat» agentligiga asosan Kun nashri xabar berdi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisining vakillari B segmentining subkompakt krossoverlari uchun doimiy ravishda o‘sib borayotgan talab va Rossiya bozoridagi S-sinfning sezilarli ulushini qayd etdilar. Shu bilan birga, kompaniya bozorga jozibali modellarni taqdim etishi va ayni paytda Rossiya Federatsiyasida o‘z mavqeini kengaytirishi mumkin. Bu yilgi natijalarga ko‘ra, Ravon brendi sotuvlar hajmi 15 ming avtomobilga, 2018 yilda esa 30 ming avtomobilga qadar oshishini kutmoqda.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan RFda Ravon brendi ostida avtomobillar yig‘ishni tashkil etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya tomoni Sankt-Peterburgda General Motors’ning hozircha qurilishi to‘xtab qolgan maydonchasida mashinalar ishlab chiqarish variantini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.
Hozirgi vaqtda Ravon brendi Rossiyada to‘rtta modelga ega: Gentra, Nexia, R4 sedanlari va R2 hetchbeki. Barcha avtomobillar «GM O‘zbekiston» kompaniyasi zavodida ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi