23:08 / 11.11.2017
7 555

Ravon Rossiyada savdolar rekordini o‘rnatmoqda

Ravon Rossiyada savdolar rekordini o‘rnatmoqda
O‘zbekistonning “Ravon” brendi 2017 yil boshidan noyabr oyi boshiga qadar Rossiyada 11477 ta yengil avtomobil sotdi hamda o‘tgan yilga nisbatan 1150 foizlik savdolar o‘sishini namoyish qildi. Bu esa yengil mashinalar toifasida raqobatning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Rossiyada yangi yengil va yengil tijorat mashinalarining 2017 yil yanvar-oktyabr oylaridagi savdosi natijalariga ko‘ra, Ravon brendi hattoki savdolar yetakchilarining o‘ntaligiga ham kirmagan. Biroq yetakchilardan birortasi 2016 yilga nisbatan Ravon kabi bunday “portlovchi” o‘sishni namoyish qila olmagan.

Bu nimadan darak bermoqda? Ta’kidlanishicha, 2016 yilda rossiyalik avtohavaskorlar bir qator sabablarga ko‘ra Ravon mashinalarini sotib olishga shoshilishmagan. Rossiyada ushbu markaning deyarli rasmiy dilerlari bo‘lmagan. Mashinaga haq to‘lab, u O‘zbekistondan olib kelingungacha ma’lum muddat kutishga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, bu mashinalarga xizmat ko‘rsatish joylari deyarli bo‘lmagan. 2017 yilda esa vaziyat tubdan o‘zgardi: Ravon mashinalarini xarid qilish osonlashdi va ularni ta’mirlash joylari ham paydo bo‘ldi. Buning natijasida savdolar o‘sdi.

Ravon’ning arzon mashinalar segmentidagi yetakchiligini yaqin yillarda “AVTOVAZ” bartaraf qilishga urinib ko‘rishi mumkin. Zavod gaplarga qaraganda, o‘ta arzon avtomobil tayyorlamoqda va bu mashina bugungi kunda Rossiyadagi barcha avtomobil zavodlaridan chiqayotgan mashinalardan eng arzoni bo‘ladi.

Yana bir qiziq holatni qayd qilib o‘tish mumkin: Ravon savdosining ulkan o‘sishi ortida qolgan xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘z pozitsiyalarini sezilarli yo‘qotdilar. Misol uchun, Mercedes va Land Rover 2016 yilning shu davriga nisbatan 3 foiz kamroq, Audi – 20 foiz, Porsche – 8 foiz, Toyota 2 foiz kamroq mashina sotgan.

19 oktyabrda Moskvada Ravon brendining dilerlari anjumani bo‘lib o‘tgan. Ushbu anjuman Ravon’ning Rossiyadagi 2 yillik faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan.

Anjumanda savdolar natijalari, kompaniyani rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi, keyingi yilga rejalar muhokama qilingan. Jumladan, anjumanda “Ravon Motors Rus” bosh direktori Sharof Ashurov joriy yil oxirigacha Rossiyada 15 mingta mashina sotish rejalashtirilayotgani, brendning dilerlik tarmog‘i esa 80 dan ko‘proq korxonani tashkil qilayotganini qayd qilib o‘tgan.

Shuningdek, kompaniya Moskva va Novosibirskda brend mashinalari uchun ehtiyot qismlar saqlash omborlarini tashkil qilmoqchiligi, ehtiyot qismlarni onlayn va oflayn sotish nuqtalarini rivojlantirmoqchiligi ta’kidlab o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon Rossiyada savdolar rekordini o‘rnatmoqda