O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab Chevrolet Tracker va yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillari seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu kelishuvga O‘zbekiston davlat rahbarining Janubiy Koreyaga bo‘lgan tashrifi davomida erishildi.
Ushbu shartnoma Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilashni ham nazarda tutgan. Bu ichki va tashqi bozorda ushbu avtomobilga bo‘lgan qiziqishni orttirishi kerak. Ishlab chiqarish Asakadagi zavodda 2019 yilda yo‘lga qo‘yiladi.
Undan tashqari tashrif davomida “O‘zavtosanoat” va DK Group orasida mototsikllar va uch g‘ildirakli texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida shartnoma imzolandi. Ushbu mototsikl va motorollerlar uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashayotgan aholi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bunday texnika yordamida kichik hajmdagi yuklarni ham tashish mumkin bo‘ladi.
Prezident tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Koreya korxonalari orasida umumiy qiymati 189,9 million dollar bo‘lgan yettita shartnoma imzolandi. Shuningdek, boshqa savdo vaiqtisodiy sohalarda 614 million dollarlik shartnomalar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi