22:56 / 27.11.2017
7 843

Yevropaning "Yil avtomobili" tanlovi finalchilari aniqlandi

Европанинг "Йил автомобили" танлови финалчилари аниқланди
Yevropaning “Yil avtomobili” tanlovi tashkilotchilari birinchi o‘rin uchun kurashni davom ettiradigan 7 ta avtomobilni tanlab olishdi. Yilning eng yaxshi avtomobili bo‘lishga da’vogarlar qatoridan quyidagi mashinalar joy oldi: Alfa Romeo Stelvio, Audi A8, BMW 5 Series, Citroen C3 Aircross, Kia Stinger, Seat Ibiza va Volvo XC40.

Tanlovda 37 ta model, jumladan Skoda Karoq, Opel Insignia, Volkswagen Arteon, Opel Crossland X va Grandland X kabi modellar taqdim qilingandi. Ularning birortasi finalga chiqa olmadi.

Alfa Romeo Stelvio

Audi A8

BMW 5 Series

Citroen C3 Aircross

Kia Stinger

Seat Ibiza

Volvo XC40

G‘olibni Yevropaning 23 ta davlatidan 60 jurnalistdan iborat hay’at tanlaydi. 1-o‘rinni olgan avtomobil nomi 2018 yil martida Jenevada o‘tadigan motorshouda e’lon qilinadi.

O‘tgan yil Yevropaning eng yaxshi avtomobili Peugeot 3008 krossoveri bo‘lgandi. 2- va 3-o‘rinlarni Alfa Romeo Giulia va Mercedes-Benz E-Class modellari egallagan.

2016 yilda g‘oliblik Opel Astra’ga, 2015 yilda esa Peugeot 308’ga nasib qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yevropaning "Yil avtomobili" tanlovi finalchilari aniqlandi