19:08 / 28.11.2017
8 236

Hindistonda dunyodagi eng arzon elektrokar ishlab chiqarila boshlanadi

Hindistonda dunyodagi eng arzon elektrokar ishlab chiqarila boshlanadi
Hindistonning Tata Motors kompaniyasi o‘zining Nano modelini qayta ishlab chiqarishini e’lon qildi. Biroq avtomobil endi elektr dvigatel oladi va dunyodagi eng arzon elektrokar bo‘ladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Kompaniya matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Tata muhandislari yangi model uchun elektr qurilmalarni yaratish uchun mahalliy Jayem Automotives kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlik qilishadi. Ma’lum qilinishicha, Tata Nano bir quvvatlanishda 200 km yo‘l bosa oladi.

Kompaniya modelning Hindiston hukumati tomondan buyurtirilgan ilk 350 nusxasini joriy yilda ishlab chiqarishi kerak. Bundan tashqari, elektrokar taksoparklar, Uber va Ola kompaniyalariga sotiladi. Xususan, Hindistonning Ola taksi xizmati 2018 yilda Nano’dan 400 dona oladi.

Mashinaning elektr versiyasi narxi hozircha ma’lum qilinmayapti, biroq 2009 yilda uning oddiy varianti 2500 dollar turgani hisobga olinsa, yangi mashina jahon elektrokarlar bozorida eng arzoni bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hindistonda dunyodagi eng arzon elektrokar ishlab chiqarila boshlanadi