23:42 / 21.12.2017
9 565

Gitlerning «Mercedes-Benz» avtomashinasi Amerikada kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Gitlerning «Mercedes-Benz» avtomashinasi Amerikada kimoshdi savdosiga qo‘yiladi
Adolf Gitler 1939-1941 yilda tashkil etilgan harbiy paradda aynan shu mashinadan foydalangan. Aytishlaricha, «Mercedes-Benz» kompaniyasi xuddi shu rusumdagi avtomobillarni atigi 203 dona ishlab chiqargan xolos. Sotish mo‘ljallanayotgan mashina esa Gitlerning talabidan kelib chiqqan holda maxsus tayyorlangan, deb yozadi Hordiq nashri.

Avtomobilning old oynasi 33 millimetr qalinlikda bronirovka qilingan. Salonning yuqori qismlari ham favqulodda hujumlardan himoyalangan. Motori sakkiz silindrli, 230 ta ot kuchiga ega.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, ushbu avtomobil Amerikaga 1945 yili olib kelingan. 72 yil davomida avtomobilning egalari bir necha marotaba o‘zgargan. Uni ma’lum muddat Chikagodagi kazinolardan birida, keyin muzeyda saqlashdi. Avtomobil narxi hozircha aniqlanmagan bo‘lsa-da, mutaxassislar boshlang‘ich narxning o‘zi bir necha million dollarga teng bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Gitlerning «Mercedes-Benz» avtomashinasi Amerikada kimoshdi savdosiga qo‘yiladi