21:52 / 08.01.2018
13 322

Toshkentda Lacetti avtomobili kuchli to‘qnashuv natijasida mashina motori chiqib ketdi (Video)

Toshkentda Lacetti avtomobili kuchli to‘qnashuv natijasida mashina motori chiqib ketdi (Video)
7 yanvar kuni Toshkentda Lacetti avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ajratuvchi to‘siq bilan kuchli to‘qnashuv natijasida mashina motori chiqib ketgan.

7 yanvar kuni Lacetti avtomobilining 1996 yilda tug‘ilgan haydovchisi Toshkentning Yashnobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ajratuvchi to‘siqqa borib urilgan, deb yozmoqda «Gazeta.uz» nashri.

YTH taxminan 15:30 da sodir bo‘lgan. Avariyaga tezlikni me’yordan oshirish va mashina boshqaruvini yo‘qotish sabab bo‘lgan. Ajratuvchi to‘siqqa kuchli urilishi oqibatida avtomobilning motori chiqib ketgan.

Hodisa natijasida faqatgina haydovchi jarohatlanib, turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda Lacetti avtomobili kuchli to‘qnashuv natijasida mashina motori chiqib ketdi (Video)