17:10 / 25.01.2018
7 992

Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari 2019 yildan boshlab «Made in Uzbekistan» belgisi ostida chiqadi

Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari 2019 yildan boshlab «Made in Uzbekistan» belgisi ostida chiqadi
2017 yil iyul oyida tamal toshi qo‘yilgan Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive zavodida yiliga 16 ming Peugeot Expert va Peugeot Boxer rusumidagi tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019 yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, zavod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyundagi «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zavtosanoat» AK va Peugeot Citroen Automotive guruhi o‘rtasidagi kelishuv asosida qurilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari 2019 yildan boshlab «Made in Uzbekistan» belgisi ostida chiqadi