O‘tgan yili «Kobalt» hamda «Matiz» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 2016 yildagiga nisbatan 4,5 barobarga ortgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich «Malibu» avtomobilini ishlab chiqarishda ham qayd etilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekistonda 140 ming 306 dona yengil va yuk avtomashinasi hamda avtobus ishlab chiqarilgan.
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga o‘sib, 135 ming 471 donani tashkil etgan. Bunda «Jentra» rusumidagi avtomashinalar ishlab chiqarish sur’ati 2 barobar (19 ming 164 ta), «Kobalt» – 4,6 marta (18 ming 14 ta), «Matiz» – 4,4 barobar (13 ming 2 ta), «Malibu» – 4,5 marta (963 ta), «Kaptiva» – 2,1 barobarga (4 ming 540 ta) ortgan.
Xabarda, bundan tashqari, o‘tgan yili mamlakatimizda 3778 dona avtobus, 1057 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi