06:30 / 02.02.2018
7 682

Deputatlar «Avtotest» yuzasidan hukumatga so‘rov yuboradi

Deputatlar «Avtotest» yuzasidan hukumatga so‘rov yuboradi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bir guruh deputatlari Vazirlar Mahkamasiga deputatlik so‘rovini yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, quyi palatadagi 3ta fraksiya a’zolari, shuningdek eko-harakat a’zosidan iborat deputatlar guruhi «yuridik shaxslarning haydovchilik malakasini har ikki yil qayta oshirish» bo‘yicha 2017 yil 4 sentyabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 693-son qarori yuzasidan deputatlik so‘rovini tayyorlagan. Hozircha so‘rovnomada nimalarga urg‘u berilishi aytilmagan.

Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur qaror bilan «yuridik shaxslarning haydovchilik malakasini oshirish huquqi» faqat «Avtotest-Report» MChJga tegishli etib belgilangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasulbek Qusherboyev esa bu haqda shunday deydi:

«​Nega aynan «Avtotest»? Nima uchun 5-6 yil emas, ikki yil? Nima uchun birgina MChJga bunday vakolat topshirilmoqda?»​.

Oliy Majlis Deputatining fikricha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qayta o‘rganib chiqilishi kerak.
Deputat Qodir Jo‘rayev esa «​bu yerda monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari inobatga olinmaganligini»​ ta’kidlagan.

«​Bu holat esa o‘z navbatida bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasida raqobat muxitini shakllanishi o‘rniga, aksincha, bitta MChJning monopoliyasining o‘rnatilishiga, raqobatchilarning bozordan siqib chiqarilishiga yo‘l ochib bergan»​, deydi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, ochiq ensiklopediya va OAV xabarlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati boshlig‘i Komil Allamjonov «Avtotest» innovatsion avto maktab asoschisi sifatida e’tirof etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Deputatlar «Avtotest» yuzasidan hukumatga so‘rov yuboradi