20:30 / 12.02.2018
46 511

“Asia Alliance Bank”dan 5 yilgacha muddatga avtokredit

“Asia Alliance Bank”dan 5 yilgacha muddatga avtokredit
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog‘i orqali sotiladigan “GM Uzbekistan” AJ avtomobillarini olish uchun jismoniy shaxslarga quyidagi tartib asosida iste’mol kreditlari beriladi.

Kreditlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, bankning mintaqaviy filiali mavjud hamda bankda milliy valyutada talab qilingan darajagacha depozit hisob raqami ochilgan viloyatlarda doimiy ish o‘rni va propiskaga ega jismoniy shaxs – rezident (buyog‘iga matnda qarz oluvchi)ga beriladi.

Kredit qarz oluvchi tomonidan avtomobil narxining 25 foizi miqdori dastlabki badal to‘lovi ko‘rinishida to‘lash sharti bilan avtomobil narxining 75 foizi miqdorida beriladi.

Kreditlashning to‘liq muddati uchun sug‘urta mukofoti so‘ralgan kredit summasi tarkibiga kiritilishi mumkin. Faqat kreditlashning to‘liq muddatida uning yillik miqdori avtomobil narxining 1,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Bankda kredit garovi sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
* kredit hisobiga olinayotgan avtotransport vositasi (asosiy garov)i;
* bank talabini qondiradigan boshqa ta’minot turlari(qo‘shimcha);

Bunda garov summasi kredit summasining 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini qoplashi kerak.
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va foizlar har oyda teng miqdorda(annuitet) to‘lab boriladi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Kredit olish uchun ariza.
2. Ish joyidan oxirgi 12 oy davomida olgan daromad hajmini tasdiqlovchi ma’lumotnoma yoki shu kabi boshqa hujjat.
3. Yashash joyidan ma’lumotnoma.
4. Avtomobil olish shartnomasi.
5. Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va INN olganlikni tasdiqlovchi hujjat nusxalari.
6. Pasport va FJBPT daftarchasidan ko‘chirma.
7. Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Asia Alliance Bank”dan 5 yilgacha muddatga avtokredit