15:20 / 13.02.2018
7 527

O‘zbekistonda 2018 yil yanvar oyida nechta yengil avtomobil ishlab chiqarildi?

Ўзбекистонда 2018 йил январь ойида нечта енгил автомобиль ишлаб чиқарилди?
O‘zbekiston 2018 yil yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 60,6 foizga, ya’ni 12,17 ming donagacha oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

Joriy yil yanvar oyida 177 ta yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2017 yil yanvariga nisbatan 36,1% ga kamdir.

2018 yil yanvar oyida O‘zbekistonda avtobus ishlab chiqarish 2017 yil yanvariga nisbatan 2,5 foizga kamaydi, ya’ni 40 donagacha.

O‘zbekiston korxonalari hisobot davrida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmini 58,2 foizga oshirdi, ya’ni 9,22 mingga qadar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda 2018 yil yanvar oyida nechta yengil avtomobil ishlab chiqarildi?