15:55 / 14.02.2018
31 209

Avtokredit: Yana 2 ta bankdan avtomobillarni kreditga olishingiz mumkin

Avtokredit: Yana 2 ta bankdan avtomobillarni kreditga olishingiz mumkin
O‘zbekistonda avtomobillarga oshib borayotgan talab va istaklarni inobatga olgan holda xususiy va tijorat banklari «Avtokredit» turini joriy qilishda davom etadi. Quyida yana ikkita bank tomonidan ajratilgan avtokreditlar bilan tanishing!

1. «Ravnaqbank» XATB quyidagi hollarda avtokreditlar ajratadi:
— yuridik shaxslarga va xususiy tadbirkorlarga avtotransport vositasini birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xarid qilishga;
— jismoniy shaxslarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotrnasport vositalarini birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xarid qilishga.
Foiz stavkalari:
— 1 yilgacha muddatga qisqa muddatli kreditlar — 19% yillik;
— 3 yilgacha muddatga uzoq muddatli kreditlar — 22% yillik.

Kredit kamida 125 % miqdorida ta’minotga ega bo‘lishi lozim. Ta’minot sifatida quyidagilar taqdim etilishi mumkin:
— Pul mablag‘lari garovi;
— Transport vositalari, ko‘chmas mulk va boshqa mulklar garovi;
— Sug‘urta polisi;
— Uchinchi shaxs kafilligi.
Agar kredit miqdori xarid qilinayotgan avtoransport vositasi narxining 80 %idan oshmasa, ta’minot sifatida faqat xarid qilinayotgan avtotransport vositasining o‘zi qabul qilinishi mumkin.

2. «Hamkorbank» ATB tomonidan ajratilgan avtokreditlar kredit mablag‘lari hisobiga ikkilamchi bozordan avtotransport sotib olish uchun mo‘ljallangan.

Avtokreditlar ikkilamchi bozordan so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyatini beradi.
Kredit shartlari:
Kredit miqdori — eng kam ish haqining 1000 barobarigacha;
Kredit muddati — 48 oygacha;
Boshlang‘ich to‘lov — kredit miqdoridan 25% va undan yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtokredit: Yana 2 ta bankdan avtomobillarni kreditga olishingiz mumkin