22:40 / 18.02.2018
7 113

Belorussiya o‘z elektromobilini ishlab chiqaradi

Belorussiya o‘z elektromobilini ishlab chiqaradi
Belarus respublikasi 2018 yilning mayidan ikki turdagi elektromobilni ishlab chiqara boshlaydi. Minsk oblastidagi “Yunison” zavodi Xitoyning Zotye kompaniyasi hamkorligida elektromobil yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Shahar mashinasi bo‘lmish Zotye E200EV 83 ot kuchiga ega asinxron elektromotor bilan jihozlanadi. Uning akkumulyatorlar bloki 24,5 kVt•soat quvvatga ega. Bu elektromobil to‘xtamasdan 220 km yo‘l yura oladi, degani.

Ikkinchi elektromobil Z500EV sedani bo‘lib, unga 129 ot kuchiga ega motor o‘rnatiladi. Yo‘l zaxirasi 250 km. Xitoy konserni uni premium avto deb hisoblashiga sabab saloni charm bilan qoplangani hamda kattakon multimedia ekrani borligidir.

Hozircha, narxlar borasida aniq ma’lumot yo‘q, ammo sitikar 17 ming, sedan esa 22 ming dollarga sotilishi taxmin qilinmoqda. Belarus elektromobillari MDH bozoriga ham kirib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Belorussiya o‘z elektromobilini ishlab chiqaradi