Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolariga tayanib «Sputnik».
«Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so‘ng kassaga pul to‘ladim. Bunga kassada navbat bo‘lgani tufayli 10 daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3-xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So‘ng 5-kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O‘sha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umuman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so‘m pul ketdi», — deb yozib qoldirgan Dilshod Nasirov nomli foydalanuvchi.
Uning aytishiga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va imtihon varaqasi kerak bo‘lgan, xolos. To‘langan pulning 121 ming so‘mi kassaga, 5 ming so‘mi ariza to‘ldirishga ketgan.
«Shundan boshqa hech qanday ma’lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti kerak emas!», — deya qayd etgan guruh a’zosi.
Yuqorida aytib o‘tilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha to‘xtatilganini xabar qilgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?