Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning ma’muriyati “Maybach S600L” rusumidagi 25 ta avtomobilni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Mashinalarning barchasi zirhlangan bo‘lib, 13 tasi 2009 yili, qolganlari esa 1995 yili ishlab chiqarilgan. Kimoshdi savdosi Turkmaniston davlat tovar-xomashyo birjasining portalida bo‘lib o‘tadi.
2009 yili ishlab chiqarilgan xorij avtomobillari 75,5 ming AQSH dollariga, 1995 yilda ishlab chiqarilganlari esa undan ikki barobar arzonroqqa, ya’ni 25,1 ming AQSH dollariga baholangan.
“Turkmaniston solnomasi” nashrining qayd etishicha, sotuvga qo‘yilgan avtomobillar Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini olib yurgan.
Turkmaniston yetakchisining o‘zi esa umuman boshqa avtomobillardan foydalanadi. Darvoqe, u ko‘pincha mashinani o‘zi haydaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi