16:16 / 22.02.2018
6 483

O‘zbekistonning “Ravon”i “Porsche” va “Honda”ni ortda qoldirdi

O‘zbekistonning “Ravon”i “Porsche” va “Honda”ni ortda qoldirdi
Sibir shaharlarida O‘zbekistonning “Ravon” rusumidagi avtomobillarini sotib olishga qiziqish 3,3 karra oshdi. Bu haqda “Avtostat.Info” agentligining Sibir shaharlarida yangi avtomobillarni ro‘yxatga olish bo‘yicha 2017 yil yakunlariga doir ma’lumotlari shohidlik bermoqda, deydi Xabar nashri.

Demak, avtobrendlar orasida o‘tgan yil 12 oyi yakunlari bo‘yicha eng sezilarli o‘sishni O‘zbekistonning “Ravon” brendi (+333 foiz) qayd etdi. O‘zbek mashinalarining ko‘p sotilishiga ularning narxi cho‘ntakbopligi va Sibirda yangi dilerlarning faol ish boshlagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Qolgan brendlar orasida nisbatan sezilarli o‘sish “Porsche” (+63,4 foiz)da kuzatildi. Keyingi o‘rinlarda — “Honda” (+61,5 foiz), “Land Rover” (+56,8%) hamda “Mitsubishi” (+54,6 foiz).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonning “Ravon”i “Porsche” va “Honda”ni ortda qoldirdi