15:01 / 27.02.2018
5 835

Turkmaniston prezidenti o‘g‘li bilan yangi poyga avtomobilini sinovdan o‘tkazdi (video)

Turkmaniston prezidenti o‘g‘li bilan yangi poyga avtomobilini sinovdan o‘tkazdi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Lebap viloyatiga amaliy safari doirasida viloyat ma’muriy markazida qurilgan Xalqaro aeroportning ochilishida ishtirok etdi va “Buyuk Ipak yo‘li” ommaviy musobaqalariga start berdi. Bu haqda Turkmaniston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan Kun nashri ma’lum qiladi.

“Amul-Xazar” kuzgi rallisiga tayyorgarlik doirasida, “Parij-Dakar” rallisining ikki karra g‘olibasi bo‘lgan Jan-Lui Shlesser Turkmaniston prezidentiga poyga avtomobilini sovg‘a qildi. Davlat rahbari mashinani o‘g‘li Sardor bilan darhol sinovdan o‘tkazib ko‘rgan, deya ta’kidlanadi matnda.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Berdimuhamedov parlamentning deputati ham sanaladi. Gurbanguli Berdimuhammedovda bir o‘g‘il (Sardor), uch qiz va to‘rt nafar nabira bor. U 2007 yildan buyon Turkmaniston prezidenti sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Turkmaniston prezidenti o‘g‘li bilan yangi poyga avtomobilini sinovdan o‘tkazdi (video)