15:15 / 09.03.2018
7 847

“Ravon” brendi “Mercedes-Benz”, “Audi”, “Suzuki”, “Peugeot” kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi

“Ravon” brendi “Mercedes-Benz”, “Audi”, “Suzuki”, “Peugeot” kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi
“AIG Avtokonsalting” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, “Ravon” brendi Ukrainada eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar TOP-10ligiga kirib, “Mercedes-Benz”, “Audi”, “Suzuki”, “Peugeot”, “Citroyon” kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi.

Bunday natija “Ravon R2” avtomobilining Ukraina bozoridagi ulkan yutug‘i bilan ham bog‘liq, u bugungi kunda o‘z klassida yaqqol yetakchi hisoblanadi va “Ukrainada yil avtomobili” nomiga da’vogarlik qilmoqda, deb xabar berdi “Xabar” nashri.

Ukrainada “Ravon R4” sedani savdosi ham o‘sib bormoqda. 2017 yilning sentyabrida ushbu model “B-High Low Cost” klassida reytingning 4-pog‘onasidan joy olgandi.

“Ravon Gentra” ham “o‘ziniki”lardan ortda qolgani yo‘q: o‘tgan yilning sentyabr oyida u “C-High Low Cost” klassida ikkinchi o‘rinda qayd etilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Ravon” brendi “Mercedes-Benz”, “Audi”, “Suzuki”, “Peugeot” kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi